CAIE A-Level Oʻzbekiston

Erkin ensiklopediya maʼlumotlari

Cambridge A-Level
Advanced Level (Ilgʻor daraja)
Turi: Xalqaro taʼlim dasturi
Asoschisi: Buyuk Britaniya
Tashkil etilgan yili: 1951-yil (75 yil muqaddam)
Oʻzbekistonga kelishi: 2021-yil
Asosiy fanlar: Kimyo, Biologiya, Matematika, Fizika
Imtiyozlar: 50% Ustama / OTMga imtihonsiz kirish

1. Umumiy maʼlumot va Tarixi


A-Level (Advanced Level — Ilgʻor daraja) — Buyuk Britaniya oʻquv dasturi hisoblanib, maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish bilim darajasini belgilaydi.

Imtihon ilk bor 1951-yilda Buyuk Britaniyada oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun zarur boʻlgan sertifikat sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Hozirgi kunda ushbu tizim dunyo miqyosida 75 yildan ortiq vaqt davomida qoʻllanilib kelmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga esa ilk bor 2021-yildan boshlab joriy etilgan.

2. Imtihon tashkiloti (CAIE)


Xalqaro miqyosda A-Level imtihonlari bir nechta yirik imtihon kengashlari (Cambridge International, Pearson Edexcel, AQA, OCR) tomonidan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasida pedagoglarga ustama berish va OTMga qabul jarayonlarida asosiy e’tibor CAIE (Cambridge Assessment International Education) tashkilotiga qaratilgan.

3. Imtihon vaqtlari va Roʻyxatdan oʻtish


Oʻzbekistonda CAIE A-Level imtihonlari yiliga 2 marta tashkil etiladi:

  • May/June sessiyasi: Aprel oxiridan Iyun oʻrtalarigacha (Asosiy qismi mayda). Natijalar Avgust oʻrtalarida chiqadi. Roʻyxatdan oʻtish Noyabrda boshlanib, Yanvar-Fevral oylarida faol boʻladi.
  • October/November sessiyasi: Oktyabr va Noyabr oylarida boʻlib oʻtadi. Natijalar Yanvar oʻrtalarida chiqadi. Roʻyxatdan oʻtish May-Iyun oylarida boshlanib, Iyul-Avgust oylarida yakunlanadi.

4. Imtihon topshirish joylari


A-Level imtihonlari faqat Cambridge tomonidan maxsus akkreditatsiyadan oʻtgan vakolatli markazlarda (Authorized Exam Centres) topshiriladi:

  • Prezident maktablari tarmoqlari (oʻz oʻquvchilari uchun);
  • Cambridge akkreditatsiyasiga ega xalqaro va xususiy maktablar;
  • Mustaqil nomzodlarni (Private Candidates) qabul qiluvchi rasmiy tasdiqlangan imtihon markazlari.

5. Fanlar va Imtihon tuzilishi


Har bir fan oʻzining maxsus xalqaro kodi (Syllabus code) bilan yuritiladi:

  • 🧬 Biology — 9700
  • 🧪 Chemistry — 9701
  • 📐 Mathematics — 9709
  • 🧲 Physics — 9702

Toʻliq A-Level darajasi ikki qismga boʻlinadi: AS Level (Paper 1, 2, 3) va A2 Level (Paper 4, 5). Ikki bosqich muvaffaqiyatli topshirilgach, toʻliq sertifikat taqdim etiladi.

6. Baholash tizimi


Yakuniy natijalar har bir imtihon sessiyasi uchun alohida e’lon qilinadigan Grade Thresholds (Oʻtish ballari) asosida aniqlanadi:

  • Toʻliq A-Level baholari: A*, A, B, C, D, E (Minimal oʻtish bahosi — E).
  • AS-Level baholari: a, b, c, d, e (AS-Level uchun A* bahosi mavjud emas).
  • U (Ungraded) — yetarli ball toʻplay olmagan nomzodlarga beriladi va sertifikat taqdim etilmaydi.

7. Oʻzbekiston Respublikasida tan olinishi va Imtiyozlar


🏛️ Abituriyentlar uchun (OTMga qabul)

Vazirlar Mahkamasining 578-son qaroriga muvofiq, 2026–2027-oʻquv yilidan boshlab A-Level sertifikatidan B va undan yuqori (A*, A, B) darajani olgan abituriyentlar, kirish fanlariga mos kelgan taqdirda, bazaviy toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha ravishda (imtihonsiz) oʻqishga qabul qilinadi.

👩‍🏫 Pedagoglar uchun (50% Ustama)

Umumiy oʻrta va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan Biologiya (9700) va Kimyo (9701) fani oʻqituvchilariga ushbu sertifikatlar uchun amaldagi tartib asosida lavozim maoshiga 50 foiz ustama toʻlanadi.

8. Shaxsiy qo'llanma dasturimiz


📘 "Cambridge A-Level Mukammal Qoʻllanma"

Kimyo (9701) va Biologiya (9700) fanlari boʻyicha oʻzbek va ingliz tillarida yozilgan yagona tizimli qoʻllanma. Syllabus talablari va imtixon savollarini yechish sirlari jamlangan.

Narxi: 150 000 soʻm

9. Rasmiy A-Level tayyorlov kurslari


Xalqaro toifadagi ustozlar tomonidan olib boriladigan professional oʻquv kurslarimiz:

🧬 A-Level Chemistry (9701)

Davomiyligi: 6-8 oy
Haftada 3 marta, 1.5+ soatdan

Oylik toʻlov: 400 000 soʻm 350 000 soʻm
🔥 Bir martalik: 2 400 000 soʻm 1 700 000 soʻm (Toʻliq kurs uchun)
🧪 A-Level Biology (9700)

Davomiyligi: 6-8 oy
Haftada 3 marta, 1.5+ soatdan

Oylik toʻlov: 400 000 soʻm 350 000 soʻm
🔥 Bir martalik: 2 400 000 soʻm 1 700 000 soʻm (Toʻliq kurs uchun)
🎁 Eslatma: Kurslarimizga roʻyxatdan oʻtgan barcha talabgorlarga "Maxsus A-Level Kitobi" chegirma asosida taqdim etiladi.